Bizning manzil Email: tssm@agro.uz (+998 70) 601 11 48 Call-center: (+998 71) 206 70 07
Ariza berish

MARKAZNING ASOSIY VAZIFALARI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining soha ilmiy — tadqiqot institutlari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalari sinovlarini o‘tkazish sohasida yangi standartlar, uslubiy hujjatlar va tartibotlarni ishlab chiqish va amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish;

 - seriyalab ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadida qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasini, ularning agregatlari va uzellarining tajriba namunalari sinovlarini o‘tkazish;

 - mahsulot sifatining barqarorligini nazorat qilish va uni ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyatini aniqlash maqsadida seriyali ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi sinovlarini o‘tkazish;

- respublikada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uni qo‘llash samaradorligini aniqlash maqsadida qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasining, shu jumladan xorijda ishlab chiqarilganlarining boshqa turdagi sinovlarini o‘tkazish;

- qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasining boshqa yangi turlarini qo‘llagan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalari sinovlarini o‘tkazish;

- chet el va mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi tavsiflarining xalqaro standartlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida sertifikatlash ishlari va sinovlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazish.