Bizning manzil Email: tssm@agro.uz (+998 70) 601 11 48 Call-center: (+998 71) 206 70 07
Ariza berish

Sinovlar

Sinov turlari

1. Davlat sinovi

Import qilinadigan yoki byujet mablag‘lari hisobidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi namunalarining davlat komissiyasi (maxsulotlarning eng muxim turlarini alohida sinash uchun maxsus tashkil etiladigan) yoki Markaz tomonidan o‘tkaziladigan sinovlari

2. Dastlabki sinov

Mahsulotlarning tajriba namunalarini yoki tajriba turkumlarini qabul qilish sinovlariga taqdim etish imkoniyatini aniqlash maqsadida ularning nazorat sinovlari

3. Qabul qilish sinovi

Ishlab chiqarishga qo‘yish yoki import qilishning maqsadga muvofiqligi, yoxud vazifasiga ko‘ra foydalanish to‘g‘risidagi masalani hal etish maqsadida o‘tkaziladigan respublikada ishlab chiqariladigan yoki import qilinadigan tajriba namunasini sinash

4. Davriy sinov

Mahsulot sifatini barqarorligini va uni ishlab chiqarishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida normativ-texnik hujjatlarda belgilangan xajmda va muddatlarda o‘tkaziladigan seriyali ishlab chiqariladigan maxsulotlarning nazorat sinovlari

5. Malaka sinovi

Korxonaning ushbu turdagi mahsulotni belgilangan hajmda ishlab chiqarishga tayyorligini baholash maqsadida o‘tkazilishi belgilanadigan seriyaning yoki birinchi sanoat turkumining nazorat sinovi

6. Tur sinovi

Buyurtmachini qiziqtiradigan buyumning tavsifini aniqlash maqsadida u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bajariladigan sinovlar

7. Takroriy sinovlar (xakamlik sinovlari)

Tez-tez takrorlanadigan foydalanish yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liq nosozliklarning sabablari va xususiyatini aniqlash maqsadida maxsus dastur bo‘yicha amalga oshiriladigan tayyorlovchi ishlab chiqarish korxona maxsulotlarining oxirgi turkumidan tanlab olingan texnika namunalarini sinash

9. Tadqiqot sinovlari

Obyekt xususiyatlarining maʼlum xususiyatlarini o‘rganish uchun o‘tkaziladi

Sinov maqsadi

               Hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan taʼminlashning samarali sinash va o‘lchash usullarini keng joriy etish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinash va sertifikatlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda texnologiyalarini sinash tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari:

-resurs tejaydigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda texnologiyalari sinovini texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;

-qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlarini respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitlarida samarali qo‘llash va ularning ishonchliligini tekshirish uchun tegishli sinovlarni o‘tkazish;

-sohani rivojlantirishga ko‘maklashuvchi innovatsion usullar, dasturlar va istiqbolli g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va qismlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar faoliyatiga samarali ilmiy ishlanmalarni keng joriy etish;

-qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari sinovini o‘tkazuvchi laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini yana-da mustahkamlash, sohaga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Sinovlar