Bizning manzil Email: tssm@agro.uz (+998 70) 601 11 48 Call-center: (+998 71) 206 70 07
Ariza berish

Ko'p so'raladigan savollar

Tashkilot haqida

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlarini respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitlarida samarali qo‘llash va ularning ishonchliligini tekshirish uchun tegishli sinovlar o‘tkaziladi.

Bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 iyundagi 4760-sonli qarori

Foydalanish bo‘yicha qo‘llanma, Texnik topshiriq yoki tashkilot standarti, pasport

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasini sinovdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 1 avgustdagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi tomonidan, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasining yangi turlarini qo‘llagan holda, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalari sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom” asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi xududida foydalanishga tavsiya qilingan Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestriga kiritilgan bo‘lsa sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasini sinovini akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari o‘tkazadi, yaʼni hozirgi kunda bu QTTSM.

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasining davriy sinovlari quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi kerak: traktorlar va o‘ziyurar mashinalar — har ikki yilda bir marta; qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari — har uch yilda bir marta. Muntazam ravishda turkumlab import qilinadigan (bir yilda 5 ta va undan ortiq) mahsulotlar modeli ular sifatining barqarorligini nazorat qilish maqsadida davriy sinovlarni o‘tkazish uchun taqdim etilishi kerak, bunda: davriy sinovlar mahsulotni respublikaga yetkazib berish boshlangandan keyin har ikki yilda o‘tkaziladi; mahsulotlarni sinash uchun yetkazib berish mahsulotlar importini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan taʼminlanadi

Tizim bo’yicha savollar

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sharoitlarida akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida tegishli sinovdan o‘tgan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan va O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga tavsiya qilingan, respublikada ishlab chiqarilayotgan hamda import qilinayotgan yangi qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining nomenklaturasi, sifati (asosiy tasniflari), respublikadagi ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchilar to‘g‘risidagi maʼlumotlar bazasi va interaktiv xizmat portali.

reestr.agro.uz  saytiga kirish orqali

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari, barcha jismoniy va yuridik shaxslar.

Ko'p so'raladigan savollar